News
O‘zbekiston Ochiq Turnirda Oltin Medal Sohibiga Aylandi, Ukraina – Ayollar Turniri Gʻolibi, Hindiston Esa Gaprindashvili Kubogini Qoʻlga Kiritdi
O‘zbekistonlik Jahongir Vohidov hal qiluvchi bahsda gollandiyalik Maks Uormerdamni mag‘lubiyatga uchratib, yurtiga oltin medal olib keldi. Foto: Lennart Ootes/F

O‘zbekiston Ochiq Turnirda Oltin Medal Sohibiga Aylandi, Ukraina – Ayollar Turniri Gʻolibi, Hindiston Esa Gaprindashvili Kubogini Qoʻlga Kiritdi

VSaravanan
| 0 | Chess Event Coverage

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida yaxshi natijalarni koʻrsatishda davom etgan O‘zbekiston va Armaniston terma jamoalari mos ravishda Niderlandiya va Ispaniyani magʻlub etib, 11 va yakuniy bahsda jamoaviy 19 ochko jamg‘argan holda birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladilar, qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha O‘zbekiston peshqadamga aylandi. 11-oʻrinni egallagan “Hindiston-2” 9-oʻrindagi Germaniyadan 3:1 hisobida ustun keldi va 18 jamoaviy ochko bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi so‘nggi turida birinchi o‘rinni egallagan va yetakchilikni bir kecha davomida saqlab turgan Hindiston turnir jadvalida yettinchi o‘rindagi AQSHdan 3:1 hisobida yengildi. Ikkinchi guruhdagi mamlakatlar oʻrtasida birin-ketin oʻtkazilgan ikkita jangda Ukraina va Gruziya mos ravishda Polsha va Ozarbayjon ustidan gʻalaba qozondi. Bu natijalar bilan Ukraina birinchi, Gruziya ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi-beshinchi oʻrinlar uchun kechgan bellashuvda Hindiston Qozogʻiston va AQSH bilan durang oʻynab, tay-breklar boʻyicha bronza medali sohibiga aylandi.

Hindistonning birinchi terma jamoasi umumjamoa hisobida toʻrtinchi va ayollar oʻrtasida uchinchi oʻrinni egallagan holda Gaprindashvili kubogini qoʻlga kiritdi va shu tariqa reytingda yettinchi boʻldi. AQSH (5+4=jami 9) va Hindiston 2 (3+8=jami 11) mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egalladi.

Hindiston-2 termasi vakili, grossmeyster Dommaraju Gukesh birinchi doskadagi yakkama-yakka bahslarda 9/11 ball va 2867 PR (performans reytingi) bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Grossmeyster Nihal Sarin (Hindiston-2, 7,5/10, PR 2774), grossmeyster Devid Xauell (Angliya, 7,5/8, PR 2898), grossmeyster Jahongir Vohidov (O‘zbekiston, 6,5/8, PR 2813) va grossmeyster Mateush Bartel (Polsha, 8,5/10, PR 2778) boshqa doskalarda oltin medal sohiblari bo‘lishdi.

Shvetsiyalik afsonaviy grossmeyster Pia Kramling 9,5/11 va 2532 performans reytingi bilan birinchi doskadagi bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Grossmeyster Nino Batsiashvili (Gruziya, 7,5/10, PR 2504), ayollar oʻrtasida grossmeyster Olivia Kiolbasa (Polsha, 9,5/11, PR 2565), Bat-Erdene Mungunzul (Moʻgʻuliston, 8,5/10, PR 2460) va ayol grossmeyster Yana Shnayder (Germaniya, 9/10, PR 2414) boshqa doskalarda oltin medal sohiblari boʻlishdi.


Ochiq turnir

Keskinlik ruhida o‘tgan final bosqichida 12-o‘rindagi Armaniston (17 ochko) bilan 4-o‘rindagi Ispaniya (15 ochko) hamda 14-o‘rindagi O‘zbekiston (17 ochko) bilan 7-o‘rindagi Gollandiya (15 ochko) oʻrtasidagi bahs eng muhim o‘yinlardan bo‘ldi. Garchi jamoalar “yaxshi formada” boʻlsa-da, Armaniston va Oʻzbekiston qarama-qarshiligi murakkab kechdi; bittadan tashqari barcha doskalarda – grossmeyster Javohir Sindarov va grossmeyster Benjamin Bok ishtirokidagi O‘zbekiston-Gollandiya bahsida – ikkala o‘yinda ham Armaniston va O‘zbekiston shaxmatchilari reytingi yuqori raqiblar bilan to‘qnash kelishdi.

Armaniston oʻyinchilarining barqarorligi ushbu turnirda mamlakatga yuqori pogʻonalarni zabt etishga imkon berdi va aynan ushbu asosiy omil tufayli grossmeyster Gabriel Sarkisyan raqibi, grossmeyster Aleksey Shirov dan ustun keldi. Shu tariqa Shirovning oʻyinga ijodiy yondashuvi hal qiluvchi pallada murakkablik keltirib chiqardi:

Sarkisyan Shirovga qarshi: Kattaroq gʻalaba ilinji. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

Oxirgi toʻrtta partiyada munosib raqiblarga qarshi durang oʻynagan Sarkisyan oltinchi raundda Gukeshga imkoniyatni boy berdi, soʻng 4,5/5 natija bilan qaytib, GM Fabiano Karuanа, GM Pentala Xarikrishna, GM Shaxriyor Mamedyorov va nihoyat Shirovni magʻlub etdi! Sarkisyanning oʻyin boshida ustunlikka ega boʻlib, barcha jamoadoshlarining ishini osonlashtirdi, zero ular oʻyinda gʻalaba qozonish uchun oʻz pozitsiyalarini saqlab qolishlari kifoya edi. Mukammal oʻyin strategiyasi.

Armaniston jamoasi samarali oʻyin strategiyasini qoʻlladi. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

Niderlandiya so‘nggi turda O‘zbekistonga qarshi oxirigacha kurashdi. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

Chess.com saytidagi translatsiyada GM Daniel Naroditskiy GM Maks Uormerdam va Vohidov o‘rtasidagi bahs musobaqaning markaziy bellashuvi bo‘lishini bashorat qilgandi va aynan shu o‘yin O‘zbekistonga oltin medalni taqdim etdi:

Game of the Day

Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida soʻzlagan jamoa bosh murabbiyi Ivan Sokolov shunday dedi: “Bu ulkan muvaffaqiyat... Ushbu fantastik, yosh, kelajagi porloq shaxmatchilar bilan bunday ajoyib natijaga erishganimizdan baxtiyorman.”

“Bugun nafaqat yurtimning, balki oʻz doskamdagi gʻalaba ham mening oʻyinim natijasiga bogʻliq edi. Bosim juda kuchli boʻldi... diqqatimni jamlashga harakat qildim, chunki bosim vaqtida hamma narsa boʻlishi mumkin. Barcha natijalar sening oʻyiningga bogʻliq boʻlsa, ulkan bosimni his qilasan”, deydi Vohidov.

Grossmeyster Nodirbek Yoqubboev dan grossmeyster Jordan van Forestga qarshi oʻyin oldidan ikkinchi shaxsiy medalni qoʻlga kiritish imkoniyati haqida soʻrashganida, u qatʼiy javob berdi: “...Jamoa medali individual medaldan muhimroq”. Bu anjumanning eng yorqin lahzalaridan biri boʻldi.

Matbuot anjumanida qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari. Foto: Lennart Ootes/FIDE.

Kunning qolgan ikki bahsida ham shiddatli kurash kechdi va “Hindiston 2” yoshlari navbatdagi marotaba oʻzidan yuqoriroq oʻrindagi Germaniyani 3:1 hisobida yengdi. Naroditskiy Nihalning grossmeyster Mattias Blubaum ustidan qozongan gʻalabasini “yorqin pozitsiyaviy shedevr” deb atadi:

GM Raunak Sadhvani va GM Dieter Nisipyanu oʻz uslublariga mos tarzda ajabtovur murakkab oʻyin oʻtkazdilar:

Sadxvani Nisipyanuga qarshi: qoyilmaqom jang. Foto: Lennart Ootes/FIDE.

Eʼtiborlisi, turnirning eng kuchli ikki jamoasi – AQSH va Hindiston so‘nggi bosqichdagina yuzma-yuz keldilar, ularda faqat gʻalaba qozongan taqdirdagina medal yutish imkoniyati bor edi, shunday boʻlsa-da, jamoalar toʻlaqonli kurash olib bordilar. Ammo barchasi durang bilan yakunlandi.

GM Arjun Erigaysi kuchli GM Lenyer Dominges ga qarshi puxta pozitsiyaviy bahs yuritib, yaxshi taassurot qoldirdi:

Grossmeyster Sem Shenklend yakuniy bahsda hayratlanarli natija koʻrsatdi:

Yakuniy pallada yaxshi taassurot qoldirgan Sem Shenklend. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

Toʻliq natijalar bu yerda

Ayollar turniri

Taqqoslash uchun, ayollar turnirida oʻtgan koʻplab bahslarda musobaqadagi keskin vaziyat notekis oʻyinlar va shaxmatchilarning yaqqol xatolariga sabab boʻldi. Turnir peshqadamlari va birinchi oʻrinni egallagan jamoalar uchun kun omadsiz keldi, hech qaysi oʻyin deyarli boshidanoq tekis kechmadi. GM Xampi Koneru mittelshpilda xavotirli lahzalarni boshdan kechirgan boʻlsa, IM Tanya Sachdev IM Karissa Yip bilan ogʻir bahsda qora donalar tarafidan shohning murakkab hindcha himoyasiga duch keldi. Oʻyin kamchiliklarsiz oʻtmagan boʻlsa-da, soʻnggi bosqichdagi raqobat bosimi Sachdevga oʻz taʻsirini oʻtkazdi:

 

Sachdev va Yip: tengsiz va murakkab kurash. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

Toʻrtinchi doskada ayollar oʻrtasida xalqaro grossmeyter Tatev Abraxamyan debyut bahsidayoq xalqaro master Bxakti Kulkarni ustidan ustinlikka erishdi va deyarli benuqson oʻyin oʻtkazib, ishonchli gʻalaba qozondi:

Ukraina va Gruziya Hindistonning tur boshidan beri qiyinchiliklarga duch kelganidan zoʻr berib foydalanib qolishga urindi. Ukrainalik GM Mariya Muzichuk raqibining yanglish yurishi tufayli gʻalabaga erishdi:

Mariya Muzychuk shohning xato yurishidan foydalandi. Foto: Mariya Yemelyanova/Chess.com.

GM Anna Ushenina WIM Oliviya Kiolbasa ga qarshi oʻyinda mettelshpilda piyodani yutdi, teng boʻlmagan rux endshpilidagi yanglish yurish unga qoʻl keldi:

Ozarbayjon va Gruziya oʻrtasidagi yana bir muhim jangda ham koʻplab noaniqliklar kuzatildi:

Uchrashuvning eng yaxshi partiyasini xalqaro master Meri Arabidze amalga oshirdi:

Shu tariqa Ukraina va Gruziya o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qozonib, peshqadam Hindistonni ortda qoldirdilar. Ukraina qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha gʻolib deb topildi. Xalqaro grossmeyster Arturs Neiksans ham, Naroditskiy ham Ukrainaning saʼy-harakatlarini yuqori baholadilar. “Ukraina terma jamoasi bu mamlakatida nimalar boʻlayotgani inobatga olinsa, gʻalabaga munosib. Aytmoqchimanki, shunday vaziyatda ham shaxmatga qanday eʼtibor qaratish mumkin?” dedi Neiksans. Naroditskiy esa unga qoʻshimcha qildi: “Ularning oilalari hozirda Ukrainada. Juda taʼsirli holat!”

Toʻliq natijalar bu yerda.

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Ayollar oʻrtasidagi shaxmat olimpiadasi milliy shaxmat federatsiyalari oʻrtasida oltin medallar, kuboklar va shaxmat boʻyicha dunyodagi eng kuchli mamlakat nomi uchun doskalarda klassik partiyalar orqali kechadigan jamoaviy musobaqadir. Tadbir Shveytsariya tizimida oʻtkaziladigan 11-bosqichli turnirdan iborat boʻlib, unda terma jamoaning har bir oʻyinchisi raqib terma jamoasining boshqa oʻyinchisiga qarshi bellashadi. Jamoalar bahslardagi gʻalaba yoki durang uchun “oʻyin ochkolari” va turnirdagi gʻalaba yoki durang uchun “turnir ochkolari” olishadi. Har bir seksiyada eng koʻp oʻyin ochkolari toʻplagan jamoalar oʻz boʻlimlari chempioni bo'lishadi, uchinchi sovrin esa har ikki seksiyadan eng koʻp ochko toʻplagan jamoaga beriladi.