Sizning birinchi shaxmat to'plamingiz
Siz qanday shaxmat o'ynashni, o'rgandingiz, va onlayn ba'zi o'yinlar o'ynadingiz, lekin siz uyda "taxtada ustida" o'ynash uchun shaxmat to'plami hohlayapsiz.
Lekin qanaqa to'plam olishingiz kerak?
Shaxmat to'plamining to'rt turi mavjud. Har biri o'z maqsadiga ega.
1. Klub / Turnir shaxmat to'plamlari
Bular umumiy, qimmat bo'lmagan va amaliy shaxmat to'plamlaridir. Donalar plastikdan yasalgan va taxta esa vinildan. Jiddiy shaxmat o'yinchilarining uyida shunday to'plamlar bor va ular tashishga va oson foydalanishga mo'ljallangan.
Foto: Wikimedia.
2. Yog'ochli shaxmat donalari
Yog'ochli shaxmat to'plamlari chiroyli va o'ynash uchun amaliy bo'ladi, lekin ular arzon emas. Yog'ochli shaxmat to'plamlari qanday sifatli yog'ochdan yasalgani va o'yilish belgilariga qarab $100 dan $1000 gacha va undan ortiq turadi.
Foto: Wikimedia.
3. Elektronik shaxmat to'plamlari
Keyingi paytda shaxmatni onlayn o'ynash imkoniyati osonlashgani uchun, elektronik shaxmat to'plamlari ommalashmay qoldi. Shunday bo'lishiga qaramay, agar siz oddiy kompyuter bilan o'ynamoqchi bo'lsangiz, elektronik shaxmat to'plami zavqli bo'lishi mumkin.
Foto: Wikimedia.
4. Bezatilgan shaxmat to'plamlari
Qiziqarli ko'rinadigan bir qancha shaxmat to'plamlari mavjud. Bezatilishdan mavhumgacha, siz har qanday ashyodan turlicha mavzuda yasalgan shaxmat donalarini uchratishingiz mumkin. Lekin ular ko'pincha namoyish etishga mo'ljallangan bo'lib, o'ynash uchun amaliy hisoblanmaydi.
Agar siz shaxmat to'plami xarid qilmoqchi bo'lsangiz. Wholesale Chess ni tekshirib ko'ring.