Shaxmatda qanday mohir bo'lish mumkin
Hozir shaxmat bo'yicha qanday darajada ekaningizdan qat'iy nazar, siz doimo yaxshiroq o'ynashingiz mumkin. To'g'ri odatlar va munosabatlar bilan shaxmatni yaxshiroq o'ynash oddiy va zavqlidir. Shaxmatni yaxshiroq o'ynashingiz uchun, qoidalarni o'rganishingiz, ko'proq o'yinlar o'ynashingiz, o'yinlaringizni qayta ko'rib chiqishingiz, boshqotirmalarni mashq qilishingiz, endshpilni o'rganishingiz, faqat debyutlarga vaqtingizni sarflamasligingiz va yurishlaringizni ikki marta tekshirib ko'rishingiz kerak bo'ladi.
1. Qoidalarni bilishingizga amin bo'ling.
Siz qoidalarni aniq bilmasligingiz yoki o'yin qoidalarni allaqachon bilaman deb o'ylashingiz muhim emas. Agar siz mohir o'yinchi bo'lmasangiz, shaxmatning umumiy va maxsus qoidalarini qayta ko'rib chiqishingiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Siz qoidalar va umumiy strategiyalarni bu yerda topishingiz mumkin.
2. Juda ko'p o'yinlar o'ynang.
Siz biror bir narsada uni takrorlamasdan turib mohir bo'la olmaysiz, shaxmat ham bundan mustasno emas. Kompyuterda, uyda yoki shunchaki bo'lsa ham shaxmat o'ynashga harakat qiling.
3. O'yinlaringizni qayta ko'rib chiqing va ulardan o'rganing.
Qayta ko'rib chiqmasdan o'ynashning ma'nosi yo'q. Har bir o'yin xatolar va imkoniyatlardan tashkil topadi. Yaxshiroq o'ynash uchun ikkalasidan ham saboq olishingiz kerak. Avtomatlashtirilgan Kompyuter Tahlili har bir o'yiningizni tushunishingizga yordam beradi.
4. Boshqotirmalarni mashq qiling.
Shaxmat taktikalari kichikroq o'lchamdagi yechilishi kerak bo'lgan shaxmat topshirig'idir. Ular haqiqiy o'yinlardan tashkil topgan bo'lib, sizga yutish imkoniyatini beradi. Bu go'yoki shaxmat o'ynab, uni o'sha vaziyatga moslab borib yutish kabidir. Tekin boshqotirmalarni sinab ko'ring.
5. Umumiy endshpillarni o'rganing.
Ko'p shaxmat o'yinlari darhol tugamaydi, balki bir qancha yurishlar va donalar almanishinuvidan so'ng yuz beradi. Aksariyat hollardy shoh va biroz boshqa donalar va/yoki piyodalar qolganda sodir bo'ladi. Bu 'endshpil" bo'lib, unda asosiy maqsad biror bir piyodani farzinga aylantirish kerak bo'ladi. Endshpilni boshqarishni o'rganish sizni ko'proq o'yinlarni yutishingizga yordam beradi. Siz asosiy endshpil mashg'ulotlarini bu yerda o'rganishingiz mumkin.
6. Vaqtingizni debyutlarni eslab qolish bilan bekorga sarflamang.
Ko'pgina shaxmat o'yinchilari vaqtlarini ko'p qismini debyutlardagi ketma-ketlik uchun sarflab yuborishadi. Muammo shundaki, ko'p o'yinchilar bir qancha debyutlarni bilishmaydi, yoki ular bilsalar ham, aynan siz hohlagan yurishlarni qilmasliklari mumkin. Yaxshi debyutlarni ba'zilarini o'rganing va hammasini esda saqlab qolishga harakat qilmang.
7. Yurishlaringizni ikki marta tekshirib ko'ring
Shaxmatni yaxshi o'ynash uchun iloji boricha yomon yurish qilmaslik muhimdir. Ko'p o'yinlar qo'pol xatolar tufayli yutqaziladi. Shuning uchun biror bir yurishni qilishdan oldin, uni shoh havfsizligiga ta'siri bo'lmasligi yoki biror donani shunchaki berib yuborishga olib kelishi mumkinlini ikki marta tekshirib ko'ring.
Siz shaxmatni yaxshiroq o'ynashga tayyor bo'lsangiz, Chess.com da tekin o'ynash va o'rganish uchun a'zo bo'ling!